Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
46ta telefon apparati va 24ta sim-kartani o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
Shu yilning 5 sentabr kuni soat taxminan 01:00 dan 04:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida xususiy tadbirkor A.K.ga tegishli bo‘lgan, Namangan shahar 4-kichik tumanda joylashgan telefon apparatlarini ta'mirlash ustaxonasiga noma'lum shaxs oynani sindirib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u ta'mirlash uchun topshirilgan 46 dona har xil turdagi telefon apparatlari, bir qancha telefon aksessuarlari va ehtiyot qismlari, “Canon I sensys 3110” rusumli printer, ta'mirlash uskunalari hamda 24 dona sim-kartalarni o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu jinoyatni 1989 yilda tug‘ilgan Namangan shahrida yashovchi A.R. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. A.R.ning yashash xonadonidan o‘g‘irlangan buyumlar daliliy ashyo sifatida olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025