Jahon | 19:36 / 05.10.2019
8486
2 daqiqa o‘qiladi

Iroqda yuz bergan tartibsizliklarda qurbon bo‘lganlar soni 100 kishiga yetdi 

Iroqda to‘rt kun davomidagi norozilik namoyishlarida qurbon bo‘lganlar soni 100 kishiga yetdi. Bu haqda huquq himoyachilariga tayanib Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Avvalroq Reuters agentligi 72 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Telekanalning xabariga, Bag‘dodda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari davomida 3 mingdan ortiq kishi jarohat olgan. 540 kishi hibsga olingan, ulardan 200 nafari hibsda saqlanmoqda.

Avvalroq, rasmiylar payshanba oqshomida Bag‘dodda, shuningdek, An-Nosiriya, Al-Xilla va Al-Amara shaharlarida joriy etilgan komendantlik soatlari bekor qilinishini e'lon qilgandi. Bag‘dod ko‘chalarida transport harakati tiklandi. Respublika qurolli kuchlari qo‘shma operatsiyalar qo‘mondonligining bildirishicha, Iroqdagi vaziyat to‘liq nazorat ostida.

Iroqda 1 oktabr kuni qashshoqlik, ishsizlik va korrupsiyaga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Bag‘dod va boshqa shaharlar ko‘chalariga chiqqan aholi hukumatning iste'fosini talab qildi. Ayrim joylarda, jumladan poytaxtda tinch boshlangan namoyishlar tartibsizliklarga va xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlarga aylandi. Ta'kidlanishicha, radikal shia imomi Muqtado as-Sadr parlamentni iste'foga chiqishga va xalqaro kuzatuvchilar nazorati ostida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga chaqirgan.

Mavzuga oid