Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 nafar hamkasbini pichoqlagan Parij politsiyasi xodimi salafiylar bilan aloqada bo‘lgani aytildi
3 oktabr kuni Parijda mahalliy politsiya xodimlari bilan bog‘liq mudhish hodisa yuz bergan va 45 yoshli kar-soqov politsiyachi 4 nafar hamkasbini pichoqlab tashlagandi. Oqibatda ularning uch nafari halok bo‘lgan, bir nafar ayol politsiyachi og‘ir ahvolda qolmoqda. Bu qotillikni amalga oshirgan politsiyachi haqida ishni olib borayotgan prokuror qo‘shimcha ma'lumotlarni berdi.
Qotillik ishida qatnashayotgan prokuror Jan-Fransua Rikarning aytishicha, 45 yoshli politsiyachi radikal salafiylar bilan aloqada bo‘lib turgan. U 1,5 yil avval islom dinini qabul qilgani ham aytildi.
Parij politsiyasining razvedka bo‘limida elektronika bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan 45 yoshli bu xodim juda ko‘p razvedka ma'lumotlarini bilgani va katta ehtimol bilan ularni radikal guruhlardagi sheriklariga yetkazib turgani ham istisno qilinmayapti. Qotillikni amalga oshirgan kuni politsiyachi ko‘plab radikal kayfiyatdagi xabarlar qoldirgani aniqlandi.
Fransiya aholisi mamlakat ichki ishlar tizimida islohotlar kerakligini va ayni damdagi ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner iste'foga chiqishini talab qilmoqda. Fransiya parlamenti ham vazir iste'fosini so‘ragan.
Mavzuga oid
10:18 / 18.04.2025
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
18:39 / 27.03.2025