Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada O‘zbekiston bayrog‘i ko‘rinishidagi paypoqlar ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi
Internetda Janubiy Koreyada tasvirga olingan video tarqaldi. Unda bir o‘zbekistonlik do‘konga kirib, O‘zbekiston bayrog‘i tasviri tushirilgan paypoqni sotish “hurmatsizlik ekanini” tushuntirayotganini ko‘rish mumkin.
Ta'kidlanishicha, sotuvchilarga “huquqiy masalalar” tushuntirilgan. Videorolik muallifining tushuntirishicha, sotuvchilar barchasini anglab, boshqa bunday xatoni takrorlamasliklarini aytishgan. Ular hattoki uzr so‘rashgan.
Rolik muallifi zavodga tashrif buyurib, bunday paypoqlar ishlab chiqarilishini to‘xtatishni rejalashtirmoqda.
Ko‘rinishicha, do‘konga tashrif buyuruvchi kishi hozirda dunyoning turli davlatlarida bayroqlar tasviri tushirilgan paypoqlar ancha keng tarqalganidan bexabar.
Turistik kompaniyalar milliy bayroqlar tasviri tushirilgan paypoqlar, qalpoqlar, sharf va futbolkalarga maxsus buyurtmalar ham berishadi.
Jumladan, Amazon do‘konlarida bunday mahsulotlarga ko‘p taklifni uchratish mumkin. Misol uchun, AQSh va Britaniya bayroqlari tushirilgan paypoqlar eng katta talabga ega. Ta'kidlanishicha, zamonaviy dunyoqarashga ega sayyohlar bu holatni “milliy bayroq va g‘ururning toptalishi” deb qabul qilmaydilar.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025