Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi O‘zbekistonda jang o‘tkazadi
Rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar Nurmagomedov 23 noyabrda O‘zbekistonda jang o‘tkazadi. Bu haqda Xabibning o‘zi xabar qildi.
Umar Nurmagomedovning hisobida 11 jangdan 11 ta g‘alaba bor.
Jangchi “Rat” jamoasi vakili Nikita Chistyakovga qarshi jang o‘tkazadi. Jangga GFC tashkiloti chepmpionlik kamari qo‘yilgan. Xabib bu liganing yuzi hisoblanadi.
Umar Nurmagomedov professional ringda 3 yildan beri ishtirok etadi va hozirda yengil vazndagi jangchilar dunyo reytingining 70-o‘rnini egallamoqda. Chistyakov ancha tajribali bo‘lib, 2012 yildan beri jang qilib keladi, biroq reytingda raqibidan pastroqda turadi.
GFC turniri MMA’ning O‘zbekistonda o‘tadigan ilk musobaqasi bo‘ladi. Uning davomida o‘zbekistonlik 7 jangchi va Nurmagomedov zalidan 6 jangchi ishtirok etadi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025