Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada jinoyatdan keyin qochib qolgan qozog‘istonlik sababli immigratsiya qoidasi o‘zgartirildi
Janubiy Koreyada noqonuniy immigrantlarning mamlakatdan chiqib ketishi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda The Korea Times nashri xabar berdi. Endilikda noqonuniy muhojirlar mamlakatdan ketishidan 15 kun avval immigratsiya markazini ogohlantirib, tekshiruvdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Migratsiya qonunchiligiga tuzatmalarni Janubiy Koreyaning Chxanvon shahrida 20 yoshli qozog‘istonlik 7 yoshli bolani mashinada urib yuborib, so‘ngra mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgandan keyin qabul qilishga qaror qilindi.
Mash'um yo‘l-transport hodisasigacha Janubiy Koreyadagi noqonuniy muhojirlar rasmiy idoralarni ogohlantirmay mamlakatdan keta olganlar.
Janubiy Koreya adliya vazirligida noqonuniy muhojirlar ogohlantirishsiz mamlakatni tark eta olmasliklari aytilgan. Yangi qoidalar 14 oktyabrdan kuchga kiradi.
Avtohalokat 18 sentyabrda yuz bergan. Bolani do‘kondan uyiga qaytayotganida mashina urib yuborgan. Bolani urib yuborgan avtomobil voqea joyidan bir necha kilometr uzoqlikda topilgan. Bolaning otasi gumonlanuvchi voqeaning ertasi kuni Inchxon aeroportidan uchib ketganini, buni unga politsiyada ma'lum qilishganini aytgan.
Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, gumonlanuvchi uchinchi davlat hududida yashirinmoqda.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025