Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qonun loyihasi: O‘zbekistonda elektron OAVni himoya qilish kuchaytiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Teleradio uzatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi e'lon qilindi.
Qonunning 25-moddasiga ko‘ra, elektron ommaviy axborot vositalari senzurasiga yo‘l qo‘yilmaydi. Hech kim uzatuvchi tomonidan tarqatilayotgan xabarlar yoki materiallarning mazmunini oldindan tasdiqlatish, matnni o‘zgartirish yoki efirdan to‘liq olib tashlashni talab qilishga haqli emas.
Qonun loyihasida aytilishicha, davlat teleradio tashkilotlarini moliyaviy-siyosiy guruhlar va davlat hokimiyati hamda mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy va siyosiy bosimidan himoya qilishni kafolatlaydi.
«Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan uzatuvchilarga siyosiy, moliyaviy-iqtisodiy, ma'muriy yoki boshqa har qanday bosim o‘tkazish taqiqlanadi», -deyiladi hujjatda.
Teleradio uzatish sub'yektlariga bosim o‘tkazish faktlari aniqlangan taqdirda, aybdor tomon teleradio uzatuvchiga yetkazilgan ma'naviy va moddiy zararni, shuningdek aralashuv oqibatlaridan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararni qoplashi shart.
Kompensatsiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan (22,3 mln so‘m) kam bo‘lishi mumkin emas.
Mavzuga oid
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi
10:05 / 02.05.2025
RSF yangi reytingi: OAV erkinligi tarixiy past darajaga yetdi
11:29 / 25.03.2025