Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi ommaviy zaharlanish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuratura Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan qo‘shimcha axborot bilan chiqdi.
2019 yil 9 oktabr kuni soat 09:30da Samarqand shahar DSENM tomonidan berilgan qo‘shimcha xabarga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jami 25 nafar fuqarolar "Ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi" tashxisi bilan yotqizilgan, deyiladi mahkama jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning ma'lumotida.
Ushbu fuqarolar "Xot-dog" mahsulotlarini xarid qilib, iste'mol qilganliklari natijasida sog‘lig‘i yomonlashib, shifoxonaga murojaat qilishganligi haqida ilgari xabar berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan JK 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi tergov harakatlarini olib borishlik uchun shahar IIO FMB huzuridagi TBga yuborildi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
18:43 / 16.05.2025