Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston – Yaman. Rustam Ashurmatov va Sanjar Qodirqulov asosiy tarkibda
JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi uchun maydon egalarining boshlang‘ich tarkibi ma'lum bo‘ldi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov bu lavozimdagi ilk o‘yinida qator futbolchilarga, jumladan «Bunyodkor» himoyachisi Sanjar Qodirqulov, «Gvanju» a'zosi Rustam Ashurmatov va «Lokomotiv» yarimhimoyachi Jamshid Iskanderovga imkon berishga qaror qilgan.
Jamoa sardori Odil Ahmedov jarohatidan endi tiklanmoqda. Otabek Shukurov esa mart oyidagi og‘ir shikastidan sog‘ayib yana safga qaytgan.
Uchrashuv «Paxtakor» markaziy stadionida soat 17:00da boshlanadi.
JCh-2022 saralashi 2-bosqichi
«D» guruhi, 3-tur
O‘ZBeKISTON – YaMAN
Toshkent. «Paxtakor» stadioni
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Farrux Sayfiyev, Rustam Ashurmatov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Hojiakbar Alijonov, Sanjar Qodirqulov, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Otabek Shukurov, Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Yegor Krimets, Akbar Ismatullayev, Sharof Muhiddinov, Odil Ahmedov, Aziz G‘aniyev, Ikrom Aliboyev, Sardor Mirzayev, Xurshid G‘iyosov, Igor Sergeyev, Temurxo‘ja Abduxoliqov
Bosh hakam: Hanna Hattob (Suriya)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Kazzaz (Suriya), Ayman Faysal Hamza (Iordaniya).
Zaxira hakami: Ahmad Alaliy (Kuvayt)
Nazoratchi: Jassim Muhammad Al-Hail (Qatar)
Komissar: Mei Chiat Si (Malayziya).
Saudiya Arabistoni – Singapur bahsi esa Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi
15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi
20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi
18:47 / 07.05.2025