Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir Sirdaryoda tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun 11 oktabr kuni amaliy tashrif bilan Sirdaryo viloyatiga borgan. Tashrif avvalida Xovos tumanida bir guruh sirdaryolik tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan uchrashgan, deb xabar bermoqda Kun.uz manbasi.
Uchrashuvda tijorat banklaridan kredit mablag‘larini olish, elektr energiya ta'minoti, mahsulotlar eksporti va importida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi.
Qolgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi. Tadbirkorlarga masala yechimi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil 19 fevralda Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan va vohani yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi. Hukumat rahbari viloyatga tashrifi davomida mazkur topshiriqlarning ijrosi bilan ham tanishgan.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi
20:32 / 12.05.2025