Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dilshod Axatov Ummon elchisi bilan Xalqaro islom akademiyasidagi ko‘rgazma bo‘yicha fikr almashdi
2019 yilning 10 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Ummon Sultonligining favqulodda va muxtor elchisi Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriy bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda 21 oktabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida «Bag‘rikenglik, o‘zaro anglashuv, birdamlik va totuvlik: Ummon islom risolasi» nomli ko‘rgazma ochilishining amaliy jihatlariga alohida e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
12:52 / 03.04.2025
Oman Air O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
13:41 / 28.03.2025
Armaniston va Ummonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
13:03 / 18.01.2025