Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatning 23-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisga 31ta masala kiritilgan
Bugun, 11 oktabr kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Yalpi majlisda 71 nafar senator qatnashmoqda. 11-12 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda 31ta masala (shundan 19tasi qonun) ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Yalpi majlisda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi, «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi, «Metsenatlik to‘g‘risida»gi, «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi, «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Ilm-fan faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ko‘rib chiqiladi.

«Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005 yil, 20 oktabr) ratifikatsiya qilish masalasi ham Senat yalpi majlisi kun tartibiga qo‘yilgan. Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxen protokoliga (Monreal, 2000 yil, 29 yanvar) qo‘shilishi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqiladi.

Ota-onalar qarovisiz qolgan va Mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi dolzarb masalalar, tabiiy gaz quvurlari tizimi holati va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, yalpi majlisda:
— «Bojxona ma'muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida;
— “Chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida;
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;
— «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida muhokamalar olib boriladi.
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mamlakatda daraxt va butalarni kesishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti, shuningdek, Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini tinglashadi.
23-yalpi majlis kun tartibiga ko‘ra, Andijon viloyati Bo‘z tumanining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida, Andijon viloyatining Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida, Namangan viloyatining Namangan shahri, To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida, «Oliy darajadagi «Do‘stlik» ordenini ta'sis etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari senatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Senatning 23-yalpi majlisi senat.uz rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilinmoqda.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
13:00 / 30.04.2025