O‘zbekiston | 11:22 / 15.10.2019
4200
2 daqiqa o‘qiladi

Tanzila Norboyeva Xalqaro mehnat tashkiloti vakili bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

2019 yil 14 oktabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasining bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrup boshchiligidagi Xalqaro mehnat tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Senat axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar majburiy mehnatning oldini olish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini, shuningdek joriy yilda tegishli monitoring olib borish jarayonini muhokama qildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha bir qator huquqiy va tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu dolzarb va o‘ta muhim masala respublika rahbariyatining doimiy nazorati ostida turibdi. Masalan, 2013 yildan boshlab XMT metodologiyasi bo‘yicha va uning ekspertlari bevosita ishtirokida qishloq xo‘jaligida majburiy mehnatdan foydalanish ustidan monitoring o‘tkazilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar mehnat standartlariga rioya qilish, shuningdek majburiy mehnat xavflariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib oldi.

Mavzuga oid