O‘zbekiston | 14:03 / 17.10.2019
7691
1 daqiqa o‘qiladi

Retsepsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati e'lon qilindi

Foto: fysioterapeuten.no

O‘zbekistonda retsepsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlanadi. Tegishli hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.

Ro‘yxatda jami 1112ta band mavjud. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va dorixonalardan shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalariga ushbu ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi ta'sir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega bo‘lgan dori vositalari ham kiradi.

Dori vositalarining o‘ramlari, tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda, berish tartibidan qat'iy nazar, ushbu ro‘yxatga amal qilinishi kerak.

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid