Jamiyat | 10:42 / 22.10.2019
7785
1 daqiqa o‘qiladi

402 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalangan korxona aniqlandi

Andijonda 402 476 281 so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanganlik holati fosh etildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Jalaquduq tumani hududida joylashgan MChJga qarashli sex toshlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelgan. Bu ishlab chiqarish korxonasi Xo‘jaobod TETK tasarrufidagi 110/35/10 kV “Madiyarov” PS dan chiquvchi 10 kV “Toza” fideriga o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga asosan 402 476 281 so‘m hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori hisoblangan.

Mavzuga oid