Doing Business 2020: O‘zbekiston «Qurilishga ruxsat berish»da 132-o‘rin, «Xalqaro savdo»da 152-o‘rinni egalladi

Foto: Doing Business
O‘zbekiston Doing Business 2020 hisobotida «Qurilishga ruxsat berish» yo‘nalishida 132-o‘rinni, «Xalqaro savdo»da 152-o‘rinni egalladi.
Jahon bankining har yillik hisobotida aytilishicha, mamlakat biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha dunyoning 190ta davlati ichida 8-o‘rinni egalladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston «Qurilishga ruxsat berish» ko‘rsatkichi bo‘yicha 132-o‘rinda qayd etilgan. «Elektr energiyasi ta'minoti» mezonida 86,9 ball to‘planib, respublika 36-pog‘onani egalladi. «Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish» - 67,9 ball va 72-o‘rin, «Kredit olish» - 65 ball va 67-o‘rin, «Minoritar investorlar himoyasi» - 70 ball, 37-o‘rin, «Soliq solish» - 77,5 ball, 69-pog‘ona.
Bundan tashqari, O‘zbekiston «Xalqaro savdo» yo‘nalishida 58,2 ball to‘pladi hamda 152-o‘rinni egalladi. «Shartnomalar ijrosini ta'minlash» bo‘yicha - 71,9 ball va 22-o‘rin, «To‘lovga qobiliyatsizlikka ruxsat berish» - 43,5 ball hamda 100-o‘rin.
Bu yil biznes yuritish qulayligi bo‘yicha yetakchi o‘nlikka Yangi Zelandiya, Singapur, Honkong, Daniya, Koreya Respublikasi, AQSh, Gruziya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Shvetsiya kirdi. Odatda reyting yetakchilarida ro‘yxatdan o‘tkazish va mulkni topshirishning onlayn tartiblari, shuningdek soliq deklaratsiyasini topshirish uchun elektron platformalar mavjud.
Biznes uchun qulay muhit kambag‘allikning past darajasi bilan bog‘liq va tartibga solishning samaradorligini oshirish tadbirkorlikni, startaplarni, innovatsiyalarni, shuningdek ssudalar va sarmoyalarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Bundan oldin, O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng katta yutuqlarga erishgan top-20 mamlakat qatoriga kirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:43 / 22.09.2021
Jahon banki Doing Business reytingidagi «O‘zbekiston protokoli»ga izoh berdi

15:53 / 17.09.2021
Asr firibgarligi. Doing Business reytingi nega to‘xtatildi?

23:19 / 16.09.2021
Jahon banki Doing Business reytingini e'lon qilishni to‘xtatdi

00:25 / 28.08.2020