Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda quriladigan Hyundai zavodidan ilk mahsulot qachon chiqishi ochiqlandi
Namangandagi Hyundai zavodi qurilishini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha investitsion shartnoma imzolandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda loyihada ishtirok etayotgan Janubiy Koreya kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida 24 oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvda qo‘shimcha investitsion shartnoma imzolandi. Shartnomani viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Hyundai Motor kompaniyasi tijoriy avtomobillar bo‘linmasi vitse-prezidenti Lim Xyon Yung, Hyundai Corporation kompaniyasi tijoriy avtomobillar va temir yo‘llar bo‘yicha bosh direktori Pak Yong Xvan hamda Evergreen Motors kompaniyasi vitse-prezidenti Kim Ik Don imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, «Namangan» erkin iqtisodiy zonasi hududidan joy oladigan Hyundai tijorat avtomobillari ishlab chiqarish qo‘shma korxonasiga loyihani amalga oshirish jarayonida hamda kelgusi faoliyatida EIZ ishtirokchilariga berilgan soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etiladi. 2019 yil yakuniga qadar loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha O‘zbekiston prezidentining maxsus qarori ham qabul qilinadi.
Shuningdek, shartnomada Hyundai tijorat avtomobillari ishlab chiqarish zavodidan ilk mahsulotning chiqishi 2020 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshishi belgilab olindi.
Zavod qurib bitkazilgach, yiliga 2500 ta kichik yuk mashinalari, mikroavtobuslar hamda avtobuslar ishlab chiqariladi. Zavod to‘la ishga tushganda, mingdan ziyod ish o‘rni paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025