Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qiriqqal'ada O‘zbekiston investitsiya salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Turkiya respublikasining Qiriqqal'a shahrida O‘zbekiston investitsiya imkoniyatlari va salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Qiriqqal'a savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda turk tadbirkorlariga O‘zbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari haqida hikoya qilindi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.


Tadbirdan avval elchi Alisher A'zamxo‘jayev Qiriqqal'a gubernatori Yunus Sezer bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarishda hududlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi. So‘ngra, shahar hokimi Mahmud Saygili bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida Qiriqqal'a savdo-sanoat palatasi rahbari Ahmad Varli bilan Turkiyaning harbiy sanoati rivojlangan mintaqasida faoliyat yurituvchi turk tadbirkorlarini O‘zbekistonda biznes yuritishga jalb etish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, O‘zbekistonning investitsiyaviy, savdo va madaniy, turizm salohiyatini ilgari surish bo‘lib, unda Qiriqqal'a viloyati hokim o‘rinbosari, elektrotexnika, mashinasozlik, tekstil, turizm, qishloq xo‘jaligi va shaharsozlik sohalarida faoliyat yurituvchi yirik tadbirkorlar ham ishtirok etdi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonning savdo va tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hamda boshqa yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, madaniy-gumanitar salohiyati haqida tanishtirildi. O‘zbekiston taqdimotida turk tadbirkorlari O‘zbekiston erkin-iqtisodiy hududlariga tashrif buyurish istagini bildirishdi.

Bundan tashqari, O‘zbekistondagi shart-sharoitlar yuzasidan tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Shu jumladan, O‘zbekistonda ishlayotgan, biroq ayrim muammolarga duch kelayotgan turk tadbirkorlarining murojaati tinglanib, muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi va yordam berilishi ma'lum qilindi.


Ma'lumot uchun: Qiriqqal'a Turkiya respublikasining Markaziy Anado‘lidagi viloyatlaridan biri hisoblanadi. Viloyat taraqqiyot darajasi bo‘yicha Turkiyaning 81 viloyati ichida 33-o‘rinni egallaydi. Viloyat markazi – Qiriqqal'a shahri davlat sanoat markazi hisoblanadi. Bu yerda yirik qayta ishlovchi korxonalar, shu jumladan, mudofaa, metallurgiya va neft-kimyo sanoati faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, oziq-ovqat va omuxta yem ishlab chiqarish sanoati, to‘qimachilik, yog‘ochni qayta ishlash va mebel sanoati rivojlangan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025