Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Erkaboy Tojiyev Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati rahbariyatining «to‘rtligi» ishdan olinishi ma'lum qilingandi. Botir Yusupov 2018 yil 16 yanvardan beri Qashqadaryo viloyati prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.
Kun.uz Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov bilan bog‘lanib, ushbu tayinlovga oydinlik kiritishni so‘radi. U bu ma'lumotni hozircha rasman tasdiqlamadi va, o‘z navbatida, inkor ham etmadi.
Ma'lumot o‘rnida: adliya katta maslahatchisi Erkaboy Tojiyev Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori vazifalarida ishlagan. 2017 yilning 14 noyabrida bosh prokurorning o‘rinbosari etib tayinlangan, 2018 yil 21 fevralida birinchi o‘rinbosarlikka ko‘tarilgan edi. U O‘zbekiston prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi farmoniga ko‘ra «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024