O‘zbekiston | 17:54 / 26.10.2019
56086
2 daqiqa o‘qiladi

Qarshi shahri, Kasbi va Kitob tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Foto: Ilya Pitalev

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri, Kasbi tumani va Kitob tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Shu kunga qadar Kasbi tuman hokimi bo‘lib ishlab kelgan Normo‘min Xolboyev Qarshi shahar hokimi lavozimini egalladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas'ul xodimi sifatida ishlagan To‘xtamurod Mengliyev Kasbi tumani hokimiga aylandi.

“Mikrokreditbank” ATB Qashqadaryo viloyat filiali boshlig‘i bo‘lib ishlagan Alisher Zokirov Kitob tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xurram Jo‘rayev Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlangan. Hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov Mirishkor tumani hokimi lavozimini egallagan.

Avvalroq, Qarshi shahri hokimi Jamshid Fozilov, Chiroqchi tumani hokimi Rustam Jo‘raqobilov va Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov ishdan olingani, Kitob tuman hokimi Rustam Sa'dullayev o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgani xabar berilgandi.

Shuningdek, Mirishkor va Dehqonobod tumanlari Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari ham vazifasidan ozod etilgan.

Mavzuga oid