Sport | 02:01 / 27.10.2019
8073
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Atletiko» g‘alaba qozondi va peshqadam «Barselona»ga yetib oldi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya La Ligasining 10-turidan o‘rin olgan «Atletiko» Madrid va «Atletik» Bilbao jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi. Saul va Morata tomonidan urilgan gollar madridliklarga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Atletiko» ochkolari sonini 19taga yetkazib, 1-o‘rindagi «Barselona»ga yetib oldi. Ammo kataloniyaliklar hisobida «Real»ga qarshi qoldirilgan o‘yin bor.

La Liga, 10-tur
Atletiko – Atletik 2:0

26 oktabr, «Vanda Metropolitano»
Gollar: Saul (28), Morata (64).
Atletiko: Oblak, Tripper, Ermoso, Felipe, Lodi, Koke, Saul, Tomas, Lemar (Vitolo, 77), Korrea (Errera, 66), Morata (Diyego Kosta, 67). 
Atletik: Unai Simon, Berchiche, Kepa (de Markos, 79), Nunes, Martines, Kordoba (Ibai Gomes, 56), Raul Garsiya, Dani Garsiya, Unai Lopes, Muniain, Uilyams (Aduris, 67).
Ogohlantirishlar: Saul (42), Korrea (44), Raul Garsiya (72), Simon (83).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid