Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qalbaki dollar tayyorlash va uni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi
Namangan shahrida qalbaki pul tayyorlash va uni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.M. har biri 100 AQSh dollari kupyurasidagi 21 dona 2.100 AQSh dollari miqdoridagi qalbaki valuta qimmatliklarini fuqaro U.T.ga 1.000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xabarda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025