Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida voyaga yetmagan shaxslarning jasadlari topilgani haqidagi ma'lumot rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hududida voyaga yetmagan bolalarning jasadlari ichki a'zolari bo‘lmagan holatda topilganligi haqidagi ma'lumot tarqadi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ushbu ma'lumotlar haqiqatdan yiroqdir. Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoyatchi paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo‘q.
Toshkent shahar IIBB asossiz ma'lumotlarni tarqatib, vahima uyg‘otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo‘yicha chora ko‘rmoqda.
«Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma'lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Vahima va mish-mishlar manbai bo‘lmang. Agarda sizda biror-bir ma'lumot bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning matbuot-xizmati bilan bog‘lanib, uni aniqlashtirib oling», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025