Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag‘ hajmi oshiriladi - 2020 yilgi budjet xarajatlari tahlil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-budjet siyosati, davlat budjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
«Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan soliq islohotlari tushumlar ko‘payishida ijobiy natijalar bermoqda. Buni xalqaro moliyaviy institutlar ham tasdiqlamoqda.
Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni 12 barobar, foyda solig‘i to‘lovchilari soni 6,5 barobarga oshgan. Ish haqiga nisbatan soliq yuki keskin pasaytirilgani natijasida daromad solig‘i to‘lovchilari soni 700 mingga, ushbu soliq tushumi esa 2 barobarga ortdi.
Mazkur islohotlarning davomi sifatida joriy yil 1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirilib, qator imtiyozlar bekor qilindi. 2020 yil 1 yanvardan esa davlat ulushi bor korxonalarga ham yagona ijtimoiy to‘lov 25 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Bu choralar natijasida kelgusi yilda soliq to‘lovchilar ixtiyorida 12,8 trillion so‘m miqdorida mablag‘lar qoladi.
Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga 2020 yil uchun prognoz qilingan budjet tushumini ta'minlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Bunda elektron hisob-faktura, zamonaviy markirovka, onlayn kassa mashinasi kabi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish orqali soliq ma'muriyatchiligini yaxshilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bojxona organlarida samarali ishlaydigan yangi vertikal tizimni shakllantirish, bunda import qilinayotgan tovarlar narxini haqqoniy baholash, risk-analiz va boshqa zamonaviy usullarni keng qo‘llash, shuningdek, ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari soliq yukini pasaytirish iqtisodiyotga va aholi farovonligiga ijobiy ta'sir etishini inobatga olib, bu masalaga alohida e'tibor qaratish zarurligini ta'kidladi.
Yig‘ilishda 2020 yil budjetining xarajatlar qismi ham chuqur tahlil qilindi.
Jumladan, kelgusi yili ijtimoiy sohalar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hajmi ortishi ko‘zda tutilgan. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltiriladigan xarajatlar joriy yildagiga nisbatan 18 foizga, ta'lim sohasiga – 10 foizga va ilm-fan rivojiga – 47 foizga ko‘payadi. Qolaversa, ta'lim, tibbiyot, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, infratuzilmalarni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda 100ga yaqin maqsadli dasturlar rejalashtirilgan.
Aholini dori vositalari bilan ta'minlash uchun 1,3 barobar, bolalar sporti dasturi uchun 3 barobar, geologiya-qidiruv ishlari dasturiga 4 barobar ko‘p mablag‘ ajratish mo‘ljallangan.
Shuningdek, paxtachilik va bog‘dorchilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish xarajatlariga ham alohida o‘rin berilgan.
Prezident xarajatlar borasidagi eng ustuvor vazifa moliya-budjet intizomi, yo‘naltirilayotgan har bir so‘m iqtisodiyot uchun qanday natija berayotgani asosiy mezon bo‘lishi lozimligini ta'kidladi. Moliya vazirligi va Hisob palatasiga budjetdan moliyalashtiriladigan dasturlarning maqsadli indikatorlarini belgilash va ijrosini baholash tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Hokimliklarning moliyaviy mustaqilligini ta'minlash maqsadida hududiy moliya organlarini to‘liq mahalliy davlat organlari tuzilmasiga o‘tkazish zarurligi ta'kidlandi.
Avtomobil yo‘llari, irrigatsiya, melioratsiya kabi sohalarga investitsiya xarajatlari bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.
Muhokama qilingan barcha jihatlarni hisobga olib, «2020 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga taqdim etish kerakligi qayd etildi.
Mavzuga oid
20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi
10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi
15:03 / 03.05.2025
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi
08:10 / 21.03.2025