Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda prezident administratsiyasi uchun 742,6 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan
Fuqarolar uchun budjet-2020 loyihasida ko‘rsatilishicha, 2020 yilda prezident administratsiyasi uchun 742,6 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2020 yilda prezident administratsiyasi uchun davlat budjetidan 742,6 mlrd so‘m (78,1 mln dollar) ajratiladi. Bundan joriy xarajatlar 612,6 mlrd, investitsion xarajatlar esa – 130 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hujjat loyihasida davlat boshqaruvi, adliya, prokuratura, sud va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini hamda NNT va boshqa fuqarolik institutlarini saqlashning taxminiy xarajatlari ham keltirilgan. Yuqorida nomi keltirilgan tuzilmalarni saqlash uchun 2020 yilda 6 580,8 mlrd so‘m (692,7 mln dollar) sarflanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi
13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
15:30 / 01.09.2024