Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil elchixonalari 1 noyabrdan o‘z ishini davom ettiradi
Isroilning moliya vazirligi bilan nizo sababli ish tashlash doirasida o‘z ishini to‘xtatgan elchixonalari o‘z vazifalarini 1 noyabrdan bajarishni davom ettiradi. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Ish tashlash yakunlandi, barcha elchixonalar ertadan ochiladi”, deb aytilgan xabarda.
Tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, sud qaroriga ko‘ra, ixtilof tomonlari – moliya vazirligi va tashqi ishlar vazirligi xodimlari kasaba uyushmasi 25 kun ichida muammoning yechimini topishlari kerak.
30 oktyabrda Isroilning butun dunyodagi elchixonalari isroillik diplomatlar sarf-xarajatlari qisqartirilishiga qarshi yopilishi e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025