Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda foyda solig‘i stavkasi oshirilishi kutilyapti
Foto: Shutterstock
2020 yilda foyda solig‘i stavkasi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda «Fuqarolar uchun budjet 2020» loyihasida aytilgan.
Hozirgi kunda stavka 12 foizni tashkil etadi, kelasi yildan esa uni 15 foizgacha ko‘tarish mo‘ljallanmoqda. Tijorat banklari uchun soliq stavkalari hamda sement (klinker) va polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi, shuningdek, asosiy faoliyat turi mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan yuridik shaxslar uchun soliq stavkalari 20 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.

Budjet loyihasi aytilishicha, Belarusda foyda solig‘i stavkasi 18 foizni tashkil etadi. Qozog‘istonda - 20 foiz, Rossiyada - 20 foiz, Tojikistonda - 23 foiz, Qirg‘izistonda - 10 foiz, Gruziyada - 15 foiz.
Investor foydasiga umumiy soliq yuki esa Belarusda - 28,7 foiz, Gruziyada - 19,3 foiz, Qozog‘istonda - 24 foiz, Qirg‘izistonda - 10 foiz, Rossiyada - 30,4 foiz, Tojikistonda - 32,2 foiz, O‘zbekistonda (2019 yil) - 16,4 foiz va 2020 yilda - 19,3 foiz.
Mavzuga oid
20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi
10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi
15:03 / 03.05.2025
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi
08:10 / 21.03.2025