O‘zbekiston | 10:07 / 02.11.2019
11915
1 daqiqa o‘qiladi

Aripov: «Xitoyning ShHT doirasida xalq diplomatiyasi institutlarini tashkil etish taklifini qabul qilamiz»

ShHT davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishini O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ochib berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Bosh vazir tadbir ishtirokchilarini qutlab, ShHT faoliyatiga oid quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Turistik sohada o‘zaro hamkorlik katta salohiyatga ega. U iqtisodiy rivojlanishning tizimli drayveri sanaladi. Turizm sanoatida tajriba va ilg‘or amaliyot bilan almashinish maqsadida Samarqanddagi "Buyuk Ipak yo‘li" xalqaro turizm universiteti maydonchasidan foydalanishni taklif etamiz.

Hamkorlikdagi dasturlar, jumladan ShHTning Toshkentdagi xalq diplomatiyasi markazlari imkoniyatlaridan foydalangan holda madaniy-gumanitar sohadagi tadbirlarni amalga oshirish xalqlarimizning yanada yaqinlashuviga xizmat qiladi. Shu nuqtai-nazardan Xitoy tomonining ShHT davlatlarida xalq diplomatiyasi institutlariga asos solish va ular o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz”.

Mavzuga oid