O‘zbekiston | 23:32 / 02.11.2019
7901
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Hindiston mudofaa vazirlari muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi. 

Uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa idora rahbarlari mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilib, xalqaro tinchlikni ta'minlash borasidagi hamkorliklarga ahamiyat qaratdilar, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.   

Muzokaralar davomida oliy harbiy ta'lim muassasalarida harbiy kadrlarni tayyorlash hamda harbiy tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish va soha sifatini yanada mustahkamlash yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Keng qamrovli muloqotdan so‘ng Hindiston harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi. 

Delegatsiya akademiya tarixi muzeyi va o‘quv-moddiy bazasi, shuningdek u yerda yaratilgan sharoilar, obektlari, infratuzilmasi va o‘quv-tarbiyaviy jarayoni bilan tanishdi. Qurolli Kuchlar akademiyasi va Hindiston Mudofaa boshqaruv kolleji o‘rtasida o‘rnatilgan videokonferens aloqa ushbu tashrifning muhim voqeasi bo‘ldi. 

Ikki davlat mudofaa vazirlari hamda ilmiy-pedagogik kadrlarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borgan muloqotlari hamkorlikni rivojlantirishning, harbiy ta'lim, ilm sohasida tajriba va axborot almashuvning keng imkoniyatlarini ko‘rsatdi.

Mavzuga oid