Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirishga kelishib oldi
Qozog‘iston va Tojikiston maxsus xizmatlari va chegara boshqarmalari vakillari davlat chegarasining umumiy qismida xavfsizlik choralarini kuchaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida ma'lum qilindi.
Ikki tomon vakillari uchrashuvidagi asosiy mavzu ikki respublikaning chegaraoldi hududlarida xavfsizlikning ta'minlanishi bo‘lgan. Shuningdek, terrorchilik va ekstremizmga qarshi birgalikda kurashishning samaradorligini oshirish muhokama qilingan.
Tomonlar ikki davlat chegarasida xavfsizlikni ta'minlashda hamkorlikni mustahkamlash zarurligi hamda diniy-ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlarining qo‘poruvchilik faoliyatiga qarshi birgalikda kurashish haqidagi fikrga kelishgan.
Shuningdek, davlat chegarasini delimitatsiyalash va demarkatsiyalash bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi sermahsul ishlashi uchun sharoitlarni ta'minlashda ko‘mak ko‘rsatishga qaror qilingan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025