O‘zbekiston | 21:16 / 05.11.2019
9544
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zneftgazinspeksiya: Paxta neft bazasida kamomad aniqlandi

2019 yil 25 martidan 10 oktyabrga qadar iste'molchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlarini avtotarozi orqali xaridor haqidan urib qolish hisobiga 1 mlrd 614 mln so‘mlik 222,5 tonna neft mahsulotlari o‘zlashtirilgan.  

Jamiyat tomonidan neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tarqatish, kirim-chiqish hisobini yuritilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda jami 2,7 mlrd. so‘mlik manbalar aniqlandi, deb xabar berdi O‘zneftgazinspeksiyaning axborot xizmati

Jumladan, neft mahsulotlari sig‘imlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldig‘i bilan hisobxona qoldig‘i taqqoslanganda jami 300 mln. so‘mlik 32 tonna kamomad hamda 0,476 mln so‘mlik 0,083 tonna ortiqchalik mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, o‘rganish davrida 2019 yil 25 martidan 10 oktyabrga qadar iste'molchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlarini avtotarozi orqali xaridor haqidan urib qolish hisobiga 1 mlrd 614 mln so‘mlik 222,5 tonna neft mahsulotlari o‘zlashtirilgan.  

Bundan tashqari, jamiyatdagi 26-sig‘imda saqlanayotgan 111 468 kg miqdordagi moyining sifati GOST 8581-78 talabiga muvofiq emasligi, ya'ni mahsulot sifatsizligi aniqlandi. 

Xozirgi paytda tekshiruv davom etmoqda. Tergov tadbirlari natijasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid