Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi namoyish etiladi
“Sport” telekanali 9 noyabr kungi O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi jonli efirda namoyish etilishini rasman e'lon qildi.
Oldinroq, terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov guruhdagi asosiy raqib Saudiya Arabistoni o‘yinimizni o‘rganmasligi va o‘rtoqlik uchrashuviga ko‘proq muxlis kelishi uchun Qirg‘izistonga qarshi uchrashuv TV orqali translatsiya qilinmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Bugun esa matbuot anjumanida «Televideniye xohlasa, Qirg‘iziston bilan o‘yinni translatsiya qilaversin» deya fikr bildirgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, “Sport” telekanali uchrashuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilishini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 9 noyabr kuni soat 17:00da “Paxtakor” stadionida boshlanadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi
14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze
21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida
15:16 / 25.03.2025