Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Burkina-Fasoda Kanada kompaniyasi avtokarvoniga hujum qilinishi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
Burkina-Fasoda oltin qazish bilan shug‘ullanuvchi tog‘-kon kompaniyasi avtokarvoniga hujum qilinishi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi yaralandi. Bu haqda Faso portali xabar berdi.
Noma'lum kimsalar mamlakat sharqidagi Bungu koniga ishchilarni olib ketayotgan 5 ta avtobusdan iborat karvonga hujum qilgan. Jangarilar dastlab portlash uyushtirib, so‘ngra o‘t ochgan. Karvonni harbiylar qo‘riqlab borgan. Avtobuslarda Kanadaning SEMAFO kompaniyasi xodimlari bo‘lgan.
Burkina-Fasoda oltin qazib olish oxirgi o‘n yillikda avj oldi. Mamlakat oltin qazib olish hajmi bo‘yicha Afrikada 4-o‘rinni egallaydi. Burkina-Fasoda 14 ta sanoat koni hamda ko‘p miqdorda mayda artellar faoliyat yuritadi. Ular tez-tez banditlar hujumiga uchrab turadi.
Mavzuga oid
21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi
13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:20 / 03.02.2025