O‘zbekiston | 17:10 / 08.11.2019
4533
1 daqiqa o‘qiladi

Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish bo‘yicha strategiya kerak - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki yuqoriligi haqida aytib o‘tdi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

«Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini tahlil qildik. Bugungi kunda 4 ming 300dan ortiq davlat ishtirokidagi korxonalar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar aniqlandi. Ular ishlab chiqargan tovar va xizmatlar ko‘lami YaIMning 55 foiziga teng.

Bu ko‘rsatkich Yevropa davlatlari, rivojlangan davlatlarda ancha past. Masalan, Daniyada 5, Sloveniyada 38 foiz. G7 davlatlarida bu ko‘rsatkich 3 foizdan 7 foizgachani tashkil qiladi.

Demak, bu shuni ko‘rsatyaptiki, davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha aniq strategiya ishlab chiqishimiz kerak», - deya Qoraboyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid