Sport | 01:18 / 09.11.2019
41582
2 daqiqa o‘qiladi

Jalolga aldanmagan Abramov. Milliy jamoaning quvnoq mashg‘ulotidan fotogalereya

Foto: Tribuna.uz

Bugun O‘zbekiston milliy jamoasi Qirg‘izistonga qarshi o‘yin oldidan oxirgi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Vadim Abramov murabbiyligidagi bosh jamoamiz JAR stadionida o‘yin oldidan yengil mashg‘ulotda qatnashdi. Unda legionerlardan Odil Ahmedov, Ikrom Aliboyev va Rustam Ashurmatovlar ishtirok etishdi.

Eldor Shomurodov ertaga, 9 noyabr kuni «Tambov»ga qarshi o‘yindan so‘ng milliy jamoa yig‘iniga kelib qo‘shiladi. Otabek Shukurov ham hozircha yig‘inga qo‘shilgani yo‘q. Vadim Abramov milliy jamoada ajoyib kayfiyat yarata olishi sir emas. Buni bugungi mashg‘ulotlardan ham anglash mumkin edi. Murabbiy futbolchilarni ikkiga bo‘lib o‘ziga xos musobaqa o‘tkazgandan so‘ng g‘oliblar mag‘lublarni barcha bolalar yoshlikda o‘ynagan va nomlanishi qo‘pol bo‘lgan bir o‘yindagi kabi jazolashdi.

Mashg‘ulotlarda Abramovning o‘zi ham futbolchi sifatida qatnashdi. U himoyada qanday o‘ynash kerakligini ko‘rsatayotib, Jaloliddin Masharipovga qarshi himoyachi vazifasini o‘tadi. Shu tariqa milliy jamoaning bu galgi mashg‘uloti juda quvnoq o‘tdi. Quyida bugungi mashg‘ulotdan tayyorlangan galereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Mavzuga oid