Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2023 yilgacha Bolalar jarrohligi tibbiy markazi quriladi - Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam qamrovini yanada kengaytirish va sifatini oshirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam qamrovini yanada kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha 2019–2023 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qoshida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza etish bo‘yicha kengash tuziladi.
Prezident qarori bilan Respublika Bolalar jarrohligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazi;
Bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish respublika markazi;
Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbi markazi qoshidagi yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazi;
Bolalar anesteziologiyasi, reanimatsiyasi va intensiv terapiya bo‘limlari, shuningdek, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bemor bolalarga sutka davomida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vrachlar postini tashkil etish takliflariga rozilik berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yil 1 aprelgacha Bolalar jarrohligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazini xalqaro talablar va standartlar bo‘yicha qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.
2023 yil 1 yanvargacha Bolalar jarrohligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazi qurilishi tugallanadi va foydalanishga topshiriladi.
Mavzuga oid
19:17 / 07.04.2023
Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi
21:15 / 23.02.2023
Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolariga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berildi – prezident qarori
18:56 / 30.01.2023
Mahalliy hokimiyatga paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish taqiqlanadi – prezident qarori
08:35 / 04.09.2020