Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat bojxona qo‘mitasining tibbiy markazi tashkil etiladi
Davlat bojxona qo‘mitasi tizimida zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, tibbiy-ijtimoiy yordam ta'minotini shakllantirish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining Davlat bojxona qo‘mitasining “Tibbiy markazi” davlat muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoyishi loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Tibbiy markazi” davlat muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Muassasa Toshkent shahar, Chilonzor tumani 5-mavze, Qurilish ko‘chasi, 5-uy manzilida joylashgan Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti tasarrufidagi binolar majmuasiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Muassasa faoliyatining asosiy maqsadi – zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy diagnostika asbob-uskunalaridan foydalangan holda, davlat bojxona xizmati organlari xodimlari va pensionerlari, ularning oila a'zolari hamda kursantlarga imtiyozli, aholiga pullik tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish etib belgilanadi.
Belgilanishicha:
Muassasa direktori Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
Muassasa tashkiliy tuzilmasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda:
Muassasa Ustavini tasdiqlaydi, shuningdek, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Muassasaning tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvali tasdiqlanishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Muassasa moddiy-texnika bazasini shakllantirish hamda malakali kadrlar bilan jamlash choralari ko‘riladi.
Muassasa faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
- pullik xizmatlar ko‘rsatilishidan tushadigan mablag‘lar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag‘lari;
- xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning grantlari;
- Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
12:05 / 10.04.2025
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi o‘zgarmoqda
13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
12:07 / 01.04.2025