Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 36 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatchi o‘z aybini tan oldi
Yaponiyaning Kyoto Animation studiyasida yong‘in uyushtirgan jinoyatchi aybini tan oluvchi ko‘rsatmalar bera boshladi.
Yong‘inni sodir etgan 41 yoshli Sindzi Aoba o‘z aybini to‘liq tan olgan va maqsadi aynan studiya xodimlarini nishonga olish bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.
“Menga o‘lim jazosi berilishi muqarrar”, deb aytgan ayblanuvchi. Uning ta'kidlashicha, u yong‘inni sodir etish uchun studiyaning 1-filialini u yerda eng ko‘p sonda odam ishlagani uchun tanlagan.
Joriy iyulda ayblanuvchi Kyoto Animation anime studiyasi binosiga “Hammang yo‘q bo‘llaring” deb hayqirgancha bostirib kirib, polga benzin quyib, binoga o‘t qo‘ygan. U bir necha daqiqadan keyin politsiya tomonidan ushlangan. U qo‘lga olinishi vaqtida studiya undan “novella o‘g‘irlagani”ni aytishga ulgurgan. Ayblanuvchining o‘zi ham ko‘plab kuyish jarohatlari olgani sababli politsiya uni so‘roq qilish uchun uning tiklanib olishini kutishiga to‘g‘ri kelgan.
Yong‘in oqibatida 700 kvadrat metr maydonga ega 3 qavatli bino butkul yonib kul bo‘lgan, 36 kishi halok bo‘lgan, 33 kishi jarohat olgan.
Studiya rahbariyati fojiaga qaramay, o‘z ishini davom ettirayotganini aytgan. Yaponiya hukumati o‘z navbatida kompaniyaga, halok bo‘lganlar oilalari va jabrlanuvchilarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga va'da bergan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
08:10 / 24.05.2025