Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma mikrobiologiya laboratoriyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma mikrobiologiya laboratoriyasi tashkil etiladi. Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori, professor Qahramon Davronovning Xitoyga safari davomida shunday kelishuvga erishildi.
Qayd etilishicha, safarning asosiy maqsadi Xitoy mamlakatida mikrobiologiya fanining rivojlanishini bugungi kundagi holati bilan tanishish va Mikrobiologiya institutida olib borilayotgan ilmiy va amaliy yo‘nalishlar bilan tanishtirishdan iborat edi.
Professor Q.Davronov o‘simlik moddalari kimyosi bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etdi va Xitoy FA Mikrobiologiya instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari professor Hua Hiang institut faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, Mikroorganizmlar muzeyi direktori Junsai Ma, laboratoriya mudirlari, professorlar Songdong Meng, Min Fanlar bilan tanishib, ularning laboratoriyalarida olib borilayotgan tadqiqotlar, olingan natijalar, erishilgan yutuqlar va chop etilgan maqolalar haqida ma'lumotlar oldi.
Tashrif yakunida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Uning doirasida O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025