Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent city’da pista po‘chog‘ini yerga tashlagan qoidabuzar jarimaga tortildi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari Tashkent city’da yerga pista po‘chog‘ini tashlagan shaxsni jarimaga tortishdi.
Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, qoidabuzar erkak O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-moddasi 1-qismi (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) bo‘yicha jarimaga tortilgan. Qoidabuzar 111500 so‘m jarima to‘lashiga to‘g‘ri kelgan.

“Tashkent city hududida maxsus chiqindi qutilari mavjud. Hattoki “ZiMMER” markasidagi zamonaviy konteynerlar o‘rnatilgan. Chiqindi va axlatlarni belgilangan joyga tashlash qiyin ish bo‘lmasa kerak, deb o‘ylaymiz”, deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
14:56 / 01.04.2025