Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yil 1 yanvardan boshlab nizolarni sudgacha hal qilish apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi
O‘zbekistonda nizolarni sudgacha hal etishning samarali mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 1 yanvardan boshlab eksperiment tartibida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Andijon, Buxoro va Toshkent viloyat hokimliklarida nizolarni sudgacha hal qilish apellyatsiya kengashlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Apellyatsiya kengashining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
qonun hujjatlarini qo‘llashda nizoli masalalar yuzasidan xulosalar chiqarish;
qonun hujjatlari buzilishini aniqlashda jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organi o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish va hal etish choralarini ko‘rish;
nizolarni ko‘rib chiqish jarayonida aniqlangan qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish.
Mavzuga oid
08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan
07:28 / 09.03.2022