Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergov departamenti Toshkent viloyatidagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlarni ma'lum qildi
Avval xabar berilganidek, 2019 yil 11 noyabr kuni taxminan soat 08:30larda Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, «Surum» MFY hududida joylashgan namunali uylarning birida kelib chiqqan yong‘in natijasida 2 nafar shaxs vafot etgan.
Yong‘in is gazi sizib chiqishi sababli to‘planib qolgan gaz aralashmasi portlashi oqibatida kelib chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur xonadonda yashovchi 36 yoshli K.R. va qaynonasi 65 yoshli Q. M. hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek, portlash natijasida, K.R.ning turmush o‘rtog‘i 34 yoshli P.X., va uch nafar voyaga yetmagan farzandi turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025