Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yashil transport yo‘lagi tashkil qilinadi, elektrobuslar soni 10taga yetkaziladi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskani qabul qildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Uchrashuvda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi faoliyati va Toshkent shahar hokimligi bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradigan loyihalari borasida fikr almashildi.
O‘zaro muloqot davomida Toshkentda yashil transport yo‘lagini tashkil qilish, elektrobuslar sonini oshirish hamda “Aqlli shahar” konsepsiyasi doirasidagi hamkorlikdagi loyihalarni rivojlantirish masalasi muhokama etildi.
Ma'lum qilinishicha, hozirda Toshkentda sinov tariqasida bitta elektrobus harakatlanmoqda. Yaqinda ularning soni o‘ntaga yetkaziladi. Shuningdek, shaharda turli sohalar faoliyatini rivojlantirish borasida qator innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. “Aqlli shahar” konsepsiyasi ishlab chiqilgan va uni hayotga joriy etish choralari ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, BMT Taraqqiyot dasturining vakili bu masalada shahar uchun mos bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘mak berishga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025