Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil va falastinliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning ikki kunida 22 kishi halok bo‘ldi
“Islom jihodi” guruhining G‘azo sektorida harakat qiluvchi jangarilari ikkinchi kun Isroilni raketalar bilan o‘qqa tutmoqda. G‘azodan Isroil tomon kamida 250 ta raketa otilgan. Bu haqda BBC News telekanali xabar berdi.
Falastinlik radikallar shu tariqa isroilliklardan “Islom jihodi” katta qo‘mondoni Baho Abu al-Ata o‘ldirilgani uchun o‘ch olishmoqda. Isroil hukumati al-Atani yahudlarga nisbatan sodir etilgan ko‘plab hujumlarga javobgar “o‘ta ketgan terrorchi” deb atagan. Al-Ata avvalroq Isroilning aviazarbasi natijasida yo‘q qilingandi.
Isroil G‘azodan davom etayotgan o‘t ochishlarga javob zarbalari bermoqda.
G‘azodagi shifokorlarning ma'lum qilishicha, ushbu to‘qnashuvlar davomida 22 falastinlik halok bo‘lgan.
Isroilda esa G‘azodan amalga oshirilayotgan hujumlardan 50 dan ko‘proq odam jarohat olgan yoki stress holatga tushgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025