Jamiyat | 16:58 / 14.11.2019
49455
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qancha oila faqat sha'riy nikoh bilan yashab kelgani aniqlandi

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o‘tkazilgach, faqatgina sha'riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350ta oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.

Bu haqda 13 noyabr kuni oila institutini mustahkamlash mavzusiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

2018 yil iyulidan FHDYo idoralari tuman va shahar hokimi o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga bo‘ysundirilgan edi. Shundan so‘ng, ma'lum bo‘lishicha, muddati o‘tgan (1 yildan oshgan) 13 ming 478ta tug‘ilganlik, 21 ming 219ta nikoh, 2 ming 163ta o‘lim guvohnomasi rasmiylashtirilib, fuqarolarga topshirilgan.

Foto: DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi

«Oilalarni mustahkamlash maqsadida respublikaning 96ta tuman va shaharlarida «Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» tashkil etildi. Bu yerda nikohni rasmiylashtirish uchun kelgan yoshlar bir oylik o‘quv kurslari asosida oilaviy hayotga tayyorlandi.

Hozirga qadar jami 12 ming 564 nafar yigit-qiz zamonaviy usullar asosida o‘qitildi», – deydi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Zulayho Mahkamova. 

Zulayho Mahkamova / Foto: AOKA

Ta'kidlanishicha, Oliy sud va Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik asosida ajrimga ariza bergan oilalarni suhbatdan o‘tkazish va ajrim haqida qo‘mita xulosasini olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Buning natijasida 21 mingdan ortiq ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirishga erishilgan.

Mavzuga oid