O‘zbekistonda utilizatsiya yig‘imi qachondan boshlab undirilishi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 oktyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda ma'qullangan.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni 33-moddasining (Tabiatni muhofaza qilishni ta'minlashning iqtisodiy tartiboti) birinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:
«ekologik xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o‘z iste'mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta'siridan himoya qilish uchun utilizatsiya yig‘imi undirishni».
34-modda (Tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar):
birinchi qismi «boshqa majburiy to‘lovlardan» degan so‘zlardan keyin «utilizatsiya yig‘imidan» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirildi:
«Utilizatsiya yig‘imi summalari daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushadi».
O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan «Chiqindilar to‘g‘risida»gi 362–II-sonli Qonuni quyidagi mazmundagi 231-modda bilan to‘ldirildi:
«23-1-modda. Utilizatsiya yig‘imi
Ekologik xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o‘z iste'mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta'siridan himoya qilish maqsadida utilizatsiya yig‘imi to‘lanadi.
Utilizatsiya yig‘imi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan – g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojxona rejimiga joylashtirilganda;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan – O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari ishlab chiqarilganda (yig‘ilganda, tayyorlanganda) undiriladi.
Utilizatsiya yig‘imining miqdorlari, utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalarining, o‘ziyurar mashinalarning va ular tirkamalarining turlari hamda toifalari, shuningdek utilizatsiya yig‘imini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o‘z iste'mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni bajarish bo‘yicha infratuzilmani tashkil etish uchun xarajatlar utilizatsiya yig‘imidan tushgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi».
Qayd etilishicha, ushbu o‘zgarishlar uch oy o‘tgach - 2020 yil 16 fevraldan amalga kiritiladi.
Qonunchilik palatasi: «Utilizatsiya yig‘imi mahsulot narxiga ta'sir ko‘rsatmaydi»
Utilizatsiya yig‘imi: Bu import avtomobillar narxiga ta'sir qiladimi?
Mavzuga oid
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024
Kreativ iqtisodiyot sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari qonun bilan belgilandi
14:21 / 02.10.2024