Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda iqtisodiy nofaol aholi soni ma'lum bo‘ldi
O‘zbekistonda iqtisodiy nofaol aholi soni 4,03 mln kishini tashkil etadi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy axborotida aytilgan.
Qayd etilishicha, 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida mehnat resurslari soni 18,8 mln kishini tashkil etgan. So‘nggi yillarda birinchi marta ixtiyoriy tarzda band bo‘lmaganlar sonining 205,0 mingga (27,9 foiz) kamaygani evaziga iqtisodiy nofaol aholi sonining 4,03 mln (95,9 foiz) nafargacha pasayishiga erishilgan.
“Bu aholining mehnat va tadbirkorlik faolligi oshganligidan dalolat beradi”, - deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,6 mln kishiga yetdi. Bu 2019 yilning yanvar-iyun oylari bilan solishtirganda 1,5 foizga ko‘p.
Bundan oldin, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
16:37 / 02.01.2025
Ayollarning ishlamasligi: madaniy cheklovmi yoki iqtisodiy?
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
07:50 / 02.11.2024
Bandlik vazirligi ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi
22:02 / 11.09.2024