Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Matbuotchilar uyi” yana auksionga qo‘yildi
Bundan bir yarim yil muqaddam ochiq auksionga qo‘yilgan “Matbuotchilar uyi” binosi yana sotuvga qo‘yildi.
O‘shanda “Matbuotchilar uyi”ning sotuvga qo‘yilishi haqida tanqidiy material berilgandan keyin mazkur ish hujjatlari qayta ko‘rib chiqilib, muammo ijobiy hal etilgandi. Jamoatchilikning faol qarshiligi va mutasaddilarning masalaga yechim topishi oqibatida “Matbuotchilar uyi” jurnalistlarda, ya'ni avvalgidek, Toshkent shahar hokimligi tasarrufida (balansida) qolgandi.
Bugunga kelib esa E-ijro auksion ochiq auksionda bu bino haqida yana ma'lumot paydo bo‘ldi.
18.722 kv.m maydonga ega “Matbuotchilar uyi”ning 9.890 kv.mga ega chordoq qismi, 3-qavatdan 7-qavatgacha va yerto‘la qismi iqtisodiy sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo‘yilgan.
18 750 000 000.00 so‘m narx bilan savdoga qo‘yilgan mazkur binoda asosan matbuot vakillari, ya'ni gazeta va jurnallar tahririyati joylashgan.
Ochiq auksion 5 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:29 / 04.02.2025