Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umar Nurmagomedov Toshkentda boshqa raqib bilan jang qiladi
Rossiyalik yakkakurash jangchisi Nikita Chistyakov 23 noyabrda Toshkentdagi turnirda Umar Nurmegomedovga qarshi jangga chiqa olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda uning menejyeri Aleksandr Skaredin ma'lum qildi.
Jang Toshkentdagi GFC20 musobaqasining bosh jangi bo‘lishi kutilayotgandi.
Ta'kidlanishicha, Nikita Chistyakov Tailanddagi mashg‘ulot vaqtida boshqa bir necha sportchi bilan birga kon'yunktivit kasaliga chalingan.
Biroq shunga qaramay, Umar Nurmagomedov ishtirokidagi jang bo‘lib o‘tadi. Unga raqib sifatida argentinalik Brayn Gonzalez tayinlandi.
Umar Nurmagomedov dog‘istonlik yakkakurashchi Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi hisoblanadi.
GFC20 musobaqasi 23 noyabrda Humo Arena’da bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga Xabibning tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025