Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar aholidan naqd pul qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qo‘llaydi
“Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, naqd pul tushumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilishda prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-son farmoni bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga ixtiyoriy, ushbu muddat tugagach majburiy ravishda o‘tadilar (istisno holatlar ham mavjud).
Qarorga ko‘ra, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Tadbirkorlar Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olishi hamda texnik xizmat ko‘rsatish markazlarini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.
Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim, ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Mavzuga oid
12:24 / 08.01.2025
“Jarima chiptasizlar uchun” – Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani naqd pulda to‘laydiganlarga jarima solinishi rad etildi
17:00 / 07.12.2024
Toshkent shahri avtobuslarida naqd pul o‘rniga qanday to‘lov qilish mumkinligi tushuntirildi
19:10 / 15.07.2024
Joriy yilning dastlabki 6 oyida muomalaga qo‘shimcha 4,1 trln so‘m naqd pullar chiqarilgan
15:42 / 29.06.2024